35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda
янв.21
17-BAND IJROSI: Yangiobod mahallasida chiqindilarni olib ketish holati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda
янв.21
12-BAND IJROSI:Liftlar faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
8-BAND IJROSI:Sinchi mahallasidagi yo‘l muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
“Deputat daftari”ga navbatdagi masala qayd etildi.
янв.21
Aholi murojaatlari va xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
24-BAND IJROSI:99-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi Sessiya oldidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasida hamkorlik
янв.21
KOTIBIYAT VA DEPUTATLAR HAMKORLIGI
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "14-A.Ikromov" saylov okrugi deputati D.Xamraqulov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan deputatga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman Mudofaa ishlari bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi:

▪️ Qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha bo‘limning ish rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlangan hamda belgilangan vazifalar asosida ishlar olib borilmoqda.
▪️ “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonun talablari xodimlarga muntazam yetkazilib, tushuntirish tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
▪️ Tuman hududidagi harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning yagona hamda aniq hisobini yuritish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Mahallalar bilan hamkorlikda hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda.
▪️ Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlari tizimli tashkil etilib, chaqiruvga jalb qilinishi lozim bo‘lgan fuqarolar belgilangan muddatlarda xabardor qilinmoqda.
▪️ Chaqiruvdan bo‘yin tovlagan fuqarolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. O‘tgan davrda 180 ta holat aniqlanib, ushbu fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 235-moddasiga asosan tegishli choralar ko‘rilgan.
▪️ Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy xizmatga tayyorlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 10 ta harbiy-vatanparvarlik tadbiri hamda 130 ta targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazilgan.
▪️ Maktablar, mahallalar va yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.
▪️ Safarbarlik rejalarining bajarilishini ta’minlash yuzasidan tuman hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
▪️ Chaqiruv masalalari bo‘yicha kelib tushgan 1 ta murojaat ijobiy hal etilgan.
▪️ Tuman Mudofaa ishlari bo‘limining moddiy-texnik bazasi mavjud vazifalarni bajarish uchun yetarli holatda.
▪️ Fuqarolarni qabul qilish uchun zarur sharoitlar yaratilgan, arxiv va harbiy hisob hujjatlari belgilangan tartibda saqlanmoqda.
▪️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.

📌 Xulosa qilib aytganda, o‘rganish davomida tuman Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonun talablarini amalga oshirish, harbiy xizmatga chaqiruvni tashkil etish, harbiy hisobni yuritish hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tegishli ishlar olib borilayotgani aniqlandi.

Slide 1 of 3