35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT TILI — DAVLAT BOSHQARUVI VA ISH YURITISHINING MUHIM ASOSI
янв.21
Qonun loyihasi tuman manfaatlaridan kelib chiqib o‘rganildi
янв.21
Yangi qonunlarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi
янв.21
“100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li”
янв.21
Doimiy komissiya va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik
янв.21
Zovurlar holati va suv ta’minoti — deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — doimiy nazoratda
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot hamkorligi
янв.21
Yoshlar siyosati, ta’lim va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — o‘rganish jarayonida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI 14-Sharq yulduzi saylov okrugi deputati
“Parpashabof” mahallasida yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi “Parpashabof” mahalla fuqarolar yig‘ini, Obod yurt ko‘chasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati, aholi uchun yaratilgan transport va piyodalar harakati sharoitlari hamda yo‘l infratuzilmasidagi mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, Obod yurt ko‘chasining 220 metr qismi ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi. Mazkur yo‘l qismidagi mavjud holat aholining kundalik harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani, ayniqsa, yo‘lni ta’mirlash va obodonlashtirish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish davomida ushbu ko‘cha aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda yo‘lning foydalanish holatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida Obod yurt ko‘chasining ta’mirtalab 220 metr qismini ta’mirlash bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishiga kelishib olindi.

Mazkur masala deputat Sh.Rasulova nazoratiga olinib, ko‘chani ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Uchrashuv va o‘rganish ishlariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4