📌Hisobot taqdimotidan so‘ng deputat Sardor Suvonqulov saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida fuqarolar hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
❗️Xususan, "Parvoz" mahallasi aholisi ichki yo‘llar, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, obodonlashtirish hamda bolalar maydonchalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Mazkur masalalar yuzasidan Boshqaruv servis kompaniyasi rahbari ishtirokida muhokama o‘tkazilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish belgilandi.
✅Yakunda deputat ko‘tarilgan masalalar deputatlik nazoratiga olinishi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilishini ma’lum qildi.