35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT TILI — DAVLAT BOSHQARUVI VA ISH YURITISHINING MUHIM ASOSI
янв.21
Qonun loyihasi tuman manfaatlaridan kelib chiqib o‘rganildi
янв.21
Yangi qonunlarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi
янв.21
“100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li”
янв.21
Doimiy komissiya va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik
янв.21
Zovurlar holati va suv ta’minoti — deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — doimiy nazoratda
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot hamkorligi
янв.21
Yoshlar siyosati, ta’lim va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — o‘rganish jarayonida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI 14-Sharq yulduzi saylov okrugi deputati
Qurilish-taʼmirlash ishlari deputatlar nazoratida

 Qurilish-taʼmirlash ishlari deputatlar nazoratida

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda bunyodkorlik ishlarining samarali ijrosini ta’minlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining o‘rni va mas’uliyati tobora ortib bormoqda.

Xususan, Boysun tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush sharoitini yanada oshirishga qaratilgan qurilish va ta’mirlash ishlarining sifatli hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi ustidan deputatlik nazorati tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

Ayniqsa, tumandagi "og‘ir" toifaga kiritilgan mahallalarda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari har kuni monitoring qilinib, deputatlar tomonidan qurilish obyektlarida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Monitoringlar davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan jadval asosida olib borilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga amaliy taklif va tavsiyalar berilmoqda.

Bunday deputatlik nazorati davlat dasturlari ijrosining samaradorligini oshirish, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishini ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5