35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT TILI — DAVLAT BOSHQARUVI VA ISH YURITISHINING MUHIM ASOSI
янв.21
Qonun loyihasi tuman manfaatlaridan kelib chiqib o‘rganildi
янв.21
Yangi qonunlarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi
янв.21
“100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li”
янв.21
Doimiy komissiya va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik
янв.21
Zovurlar holati va suv ta’minoti — deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — doimiy nazoratda
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot hamkorligi
янв.21
Yoshlar siyosati, ta’lim va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — o‘rganish jarayonida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI 14-Sharq yulduzi saylov okrugi deputati
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #KQ_35 #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #murojaat_daftari 🗣Navro‘z mahallasida obodonlashtirish ishlari va muammolar o‘rganildi

Tadbir davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, hududning sanitariya holati, mavjud infratuzilma obyektlarining ahvoli hamda aholini qiynayotgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

💬Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish va hududdagi muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tartibda hal etishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

💬O‘rganishlar davomida mahalla aholisi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning hududdagi mavjud muammolar, kommunal xizmatlar va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalari tinglandi.

💬Nazorat davomida Paxtakor ko‘chasi, 9-uy oldida ichimlik suvi quvurining yorilgani aniqlandi. Mazkur holat natijasida ichimlik suvi isrof bo‘lishi hamda hududning sanitariya-obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

💬Aniqlangan muammoni tezkor bartaraf etish, ichimlik suvi ta’minotining barqarorligini ta’minlash hamda fuqarolarga noqulaylik tug‘dirayotgan holatga chek qo‘yish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

🫥Mahalliy Kengash deputatlarining bunday nazorat-tahlil tadbirlari hududlarda mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqib aniqlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4