Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan “Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
O‘rganishlar davomida hududda:
🔹 aholini ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash holati;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
🔹 mahsulotlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat;
🔹 aylanma zaxiralarni shakllantirish hamda oziq-ovqat xavfsizligi monitoringi holati atroflicha tahlil qilinmoqda.
Deputatlar tomonidan mas’ul tashkilotlar faoliyati yuzasidan zarur savollar o‘rtaga tashlanib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda qonun ijrosini samarali ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.