35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI 14-Sharq yulduzi saylov okrugi deputati
янв.21
9-“Mevali” saylov okrugi: hudud va saylovchilar haqida
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman  Kengashi kotibiyatida ish kuni kunlik vazifalarni rejalashtirishdan boshlanadi.
янв.21
🅱️ugun Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi Reglament va odob-axloq masalalari bo'yicha doimiy komissiya hamda uning a'zolarining deputatlik faoliyati bilan tanishing!
янв.21
KUNLIK ISH REJASI Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratovaning 2026-yil 10-avgust kunidagi shaxsiy ish rejasi
янв.21
HAFTALIK ISH REJASI ASOSIDA DEPUTLIK NAZORATI TADBIRLARI DAVOM ETTIRILADI
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyati faol yoritildi
янв.21
Qonunlar va qarorlar ijrosi yuzasidan 27 ta o‘rganish amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10–14-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJA IJROSI
Lochin MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Lochin MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov 5-Bunyodkor saylov okrugi hududidagi Lochin mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni yanada fayzli qilish ishlari bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida bolalar maydonchasi va uning atrofi, piyodalar yo‘laklari hamda yashil hududlarni tartibga keltirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Hududda tozalikni ta’minlash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish borasida olib borilayotgan ishlarning sifati muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ullarga aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5