35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Tuman hokimi tomonidan hududlar obodligi, aholi turmush tarzi va "mahalla yettiligi" faoliyati bo'yicha olib borilayotgan o'rganishlar ayni paytda Paxtachi mahallasida davom etmoqda.
янв.21
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasi deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat N.Eliboyev Oshiq Ota mahallasida “100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasi doirasida o‘rganish olib bordi
янв.21
Hududlar bilan ishlash: mahalla faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Biriktirilgan tashkilot va doimiy komissiyalar o‘rtasidagi hamkorlik ishlari davom etmoqda
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratida
янв.21
Gulobod mahallasida joylashgan 48-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: ko‘p qavatli uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: hududlarda sanitariya holati nazorat qilinmoqda
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Avazov tomonidan Mingchinor mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Ayni paytda hududda aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida zamonaviy piyodalar yo‘laklari barpo etish ishlari olib borilmoqda.

Bu yo‘laklar fuqarolarning, ayniqsa, bolalar va keksalarning xavfsiz hamda qulay harakatlanishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, bolalar va o‘smirlar uchun zamonaviy o‘yin maydonchalarini qurish ishlari ham boshlab yuborilgan.

Mazkur ishlar hududni yanada obodlashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.

Slide 1 of 6