35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Tuman hokimi tomonidan hududlar obodligi, aholi turmush tarzi va "mahalla yettiligi" faoliyati bo'yicha olib borilayotgan o'rganishlar ayni paytda Paxtachi mahallasida davom etmoqda.
янв.21
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasi deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat N.Eliboyev Oshiq Ota mahallasida “100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasi doirasida o‘rganish olib bordi
янв.21
Hududlar bilan ishlash: mahalla faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Biriktirilgan tashkilot va doimiy komissiyalar o‘rtasidagi hamkorlik ishlari davom etmoqda
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratida
янв.21
Gulobod mahallasida joylashgan 48-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: ko‘p qavatli uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: hududlarda sanitariya holati nazorat qilinmoqda
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B.Bekmurodov joriy yil 27-iyul kuni Sardoba tumanidagi "Yangiqishloq" mahallasida
2-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida saylovchilarga axborot berdi.
Axborot davomida Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 6-martdagi Sirdaryo viloyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha PQ-93-sonli qarorlari asosida Sardoba tumaniga kiritilayotgan investitsion loyihalar, qurilish ta’mirlash ishlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

PF-71 Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi saylovchilarga tushuntirish berdi.
Muloqot davomida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash va mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv jarayonida saylovchilar tomonidan mahalla hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, tabiiy gaz ta’minoti tizimini tartibga solish, shuningdek, avtoturargohlar faoliyatini tizimlashtirish va ularni belgilangan talablar asosida tashkil etish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.
Fuqarolar mazkur yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash, transport harakatini tartibga solish hamda kommunal xizmatlar sifatini yana-da yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Murojaatlar yuzasidan deputat tomonidan har bir masala atroflicha o‘rganilishi, ularning yechimi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi hamda ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov nazoratiga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 6