35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan
янв.21
“Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati: ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lasidan foydalanish holati o‘rganilmoqda
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari himoyasi deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar murojaatlari va takliflari o‘rganildi
янв.21
“100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasining 1-bosqichi boshlandi
янв.21
Hududlardagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassislari L.Toshquvvatov va S.Nomozov hamda tuman deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tibbiyot muassasasida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, faoliyat davomida uchrayotgan mavjud muammolar muhokama qilindi.
O‘rganish natijasida muassasada ayrim zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetarli emasligi aniqlandi. Mazkur holat aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yana-da oshirish maqsadida moddiy-texnik ta’minotni mustahkamlash zarurligini ko‘rsatdi.
Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muassasani zarur tibbiy jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash hamda fuqarolar uchun munosib va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 8