#Kengash_sessiyalariga_oid
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 21-Zarafshon saylov okrugi deputati Mirzaqulov Shoxrux Urinovich tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
Sessiya kun tartibida 10 ta masala muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan hisobot va axborotlar tinglanib, deputatlar tomonidan savollar berildi va fikr-mulohazalar bildirildi. Barcha masalalar yuzasidan sessiya qarorlari loyihalari bir ovozdan ma’qullanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|