MAHALLIY BUDJET IJROSI VA DAROMADLAR REZERVLARI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U. Maxmanazarovning 2026-yil II chorak mahalliy budjeti ijrosi, mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish va daromadlarni oshirish rezervlari yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.
📈 Hisobotda qayd etilishicha, II chorak yakunlari bo‘yicha mahalliy budjet daromadlari prognozi 105,6 mlrd so‘m etib belgilangan bo‘lib, amalda 129,1 mlrd so‘m tushum ta’minlanib, prognoz 122,2 foizga bajarildi.
🔍 Shu bilan birga, ayrim daromad manbalari bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari bajarilmagani, jumladan jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishidan olinadigan soliq, yuridik shaxslar foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq