35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya va tashkilotlar hamkorligi doirasida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: tibbiyot obyektidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: savdo obyektining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot muassasasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash — ustuvor vazifa
янв.21
“Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Chorvador mahalla fuqarolar yig‘inining O‘rta qishlog‘ida yashovchi fuqarolar murojaatlari asosida hududga chiqilib, mavjud muammolar joyida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida aholi tomorqa yerlarini sug‘orishda foydalaniladigan sug‘orish suvi ta'minotida uzilishlar va suv yetishmovchiligi mavjudligi, buning natijasida tomorqalardan samarali foydalanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

Shuningdek, hududni elektr energiyasi bilan ta'minlash tizimida, xususan, transformator quvvati va elektr tarmoqlarining holati bilan bog‘liq kamchiliklar mavjudligi ham o‘rganilib, mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Mazkur masalalarni ijobiy hal etish maqsadida quruvchi tashkilot rahbari bilan joyning o‘zida uchrashuv o‘tkazilib, muammolarning yechimi yuzasidan kelishuvga erishildi. Kelishuvga muvofiq, zarur texnik va tashkiliy choralarni amalga oshirish hamda muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash belgilandi.

Slide 1 of 3