35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT TILI — DAVLAT BOSHQARUVI VA ISH YURITISHINING MUHIM ASOSI
янв.21
Qonun loyihasi tuman manfaatlaridan kelib chiqib o‘rganildi
янв.21
Yangi qonunlarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi
янв.21
“100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li”
янв.21
Doimiy komissiya va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik
янв.21
Zovurlar holati va suv ta’minoti — deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — doimiy nazoratda
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot hamkorligi
янв.21
Yoshlar siyosati, ta’lim va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — o‘rganish jarayonida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI 14-Sharq yulduzi saylov okrugi deputati
#muloqot

Yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir. Shu munosabat bilan, Olmaliq davlat texnika institutida talabalar ishtirokida keng qamrovli profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Olmaliq shahar IIB boshlig‘i Sherzod Shermatov, sohaviy xizmatlar vakillari hamda Xalq deputatlari shahar Kengashining 22-okrug deputati Adham Xasanov ishtirok etib, yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar.

Muloqot davomida bugungi kunda yoshlar hayotiga xavf solayotgan bir qator salbiy omillar tahlil qilindi:
💻 Kiberjinoyatchilik: Internet tarmoqlaridagi firibgarliklardan himoyalanish;
❌ Korrupsiya va zararli illatlar: Ularga qarshi murosasiz immunitetni shakllantirish;
⚖️ Huquqbuzarlik profilaktikasi: Qonun ustuvorligini ta’minlashda yoshlarning o‘rni.
"Har bir yosh o‘z kelajagiga mas’uliyat bilan qarashi, bo‘sh vaqtidan unumli foydalanishi va qonunlarni buzishga nisbatan qat’iy 'yo‘q' deya olishi kerak," — deya ta’kidladi shahar IIB boshlig‘i.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarni ogohlikka chorlash va ularni turli yod g‘oyalar hamda xavf-xatarlardan asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3