35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT TILI — DAVLAT BOSHQARUVI VA ISH YURITISHINING MUHIM ASOSI
янв.21
Qonun loyihasi tuman manfaatlaridan kelib chiqib o‘rganildi
янв.21
Yangi qonunlarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi
янв.21
“100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li”
янв.21
Doimiy komissiya va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik
янв.21
Zovurlar holati va suv ta’minoti — deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — doimiy nazoratda
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot hamkorligi
янв.21
Yoshlar siyosati, ta’lim va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — o‘rganish jarayonida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI 14-Sharq yulduzi saylov okrugi deputati
#uslubiy ko'mak

Mahalliy Kengashlar faoliyatini tizimli tashkil etish va deputatlik nazoratini kuchaytirish — xalq farovonligining muhim omilidir.

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Otabek Anarov Olmaliq shahar Kengashiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif nafaqat muammolarni o‘rganish, balki shahar Kengashi kotibiyati xodimlari uchun uslubiy ko‘mak berishga qaratildi.

🚍 Shahardagi jamoat transporti va yo‘llar bo‘yicha aholidan kelib tushayotgan murojaatlar atroflicha tahlil qilindi.
📩 Muammolarni qonuniy va tezkor hal etishda eng samarali mexanizm hisoblangan "Kengash so‘rovi"ni tayyorlash, yuborish va uning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tushunchalar berildi.
📚 Ish yuritish sifatini oshirish, hujjatlar bilan ishlash va deputatlarga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashishning zamonaviy uslublari tushuntirildi.

"Kengash kotibiyati faoliyati qanchalik professional tashkil etilsa, xalq vakillarining so‘rovi va qarorlari shunchalik kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘ladi."

Ushbu amaliy muloqot yakunida Olmaliq shahar Kengashi apparati faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Bu kabi uslubiy hamkorlik aholi murojaatlarining ijobiy hal etilishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3