Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 23-"Qorako‘l" saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan "Qorako‘l" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 32-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, oshxona faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ularning saqlanish tartibi hamda ovqat tayyorlash jarayoni atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Mas'ullar bilan muloqot davomida bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishini ta'minlash, sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etish hamda ta'lim muassasasida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga vazifalar belgilandi.