35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat xizmatchilari xatti-harakatlari va takroriy murojaatlar tahlili
янв.21
Jamoaviy murojaatlar tahlili: dolzarb masalalar va mas’ul tashkilotlar faoliyati
янв.21
Sayyor qabullar tahlili: reja ijrosi va mas’ul rahbarlar faoliyati
янв.21
Murojaatlar tahlili: dolzarb masalalar va sust natija ko‘rsatayotgan tashkilotlar
янв.21
Murojaatlar tahlili: asosiy yuklama 9 ta tashkilot hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
янв.21
Murojaatlar tahlili: fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda ijobiy natijalar
янв.21
Doimiy komissiyalar xulosalari o‘qib eshittirildi
янв.21
Sessiya kotibiga so‘z berildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar masalasi ko‘rib chiqildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Aniqlangan muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta Hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev tomonidan “Do‘stlik” mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida Mustaqillik ko‘chasi, 2-uy (ko‘p qavatli uylar oldi hududi)da joylashgan, 1969-yilda o‘rnatilgan beton elektr ustunlarining bugungi kundagi holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, mazkur ustunlardan hozirda foydalanilmaydi, ayrimlari qiyshaygan va yaroqsiz holatga kelgan. Ushbu holat fuqarolar xavfsizligiga hamda ularning mol-mulkiga zarar yetkazishi mumkinligi sababli tegishli choralar ko‘rish zarurati yuzaga keldi.

📄 Aniqlangan muammoni bartaraf etish, yaroqsiz beton ustunlarni o‘rganish va zarur amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Sherobod tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1