Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi korrupsiyaga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiya deputatlari tomonidan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan deputat nazoratini tashkil etish maqsadida maxsus o‘rganish savollari ishlab chiqildi.
📝 Mazkur savollar orqali:
✅ davlat organlari va tashkilotlarda huquqiy axborotni tarqatish holati;
✅ normativ-huquqiy hujjatlar hisobi hamda mahallalarda qonun ijrosi holati o‘rganiladi.
Ushbu savollar deputatlarga qonun ijrosini baholash,muammolarni aniqlash, bartaraf etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Deputatlik nazorati – qonun ustuvorligi va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim kafolatidir.