Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan hududlarda amaliy o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.
💧 Navbatdagi sessiya kun tartibiga“O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi hisobot kiritilgan.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan Sinchi mahallasida ko‘chaboshilar va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida aholi bilan suv resurslaridan oqilona foydalanish, mavjud sug‘orish tizimlari holati hamda suv ta’minotidagi muammolar yuzasidan ochiq muloqot qilindi.