35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya va tashkilotlar hamkorligi doirasida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: tibbiyot obyektidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: savdo obyektining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot muassasasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash — ustuvor vazifa
янв.21
“Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
Aholi murojaatlari va hududdagi mavjud holat o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil

Aholi murojaatlari va hududdagi mavjud holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev, tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyevalar tuman Kengashiga 8–Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A.Ergashev hududidagi "Tinchlik" mahallasida bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha yurish orqali hududdagi mavjud holatni o‘rgandilar.

Xususan, mahallaning "Barkamol" ko‘chasida aholi bilan bevosita muloqot qilinib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglandi. Shuningdek, ko‘chadagi obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda infratuzilma obyektlarining holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5