35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaati – deputat nazoratida
янв.21
Deputat tashabbusi va deputatlik so‘rovi natijasida Beshbola mahallasida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda 🛠️
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratova tomonidan tasdiqlangan kunlik ish rejasiga ko'ra tashkiliy, nazorat va amaliy ishlar amalga oshiriladi.
янв.21
🅱️ugun Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi deputatlarining mahallalardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
Kunlik ish rejasi ijrosi amalda
янв.21
Murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rganish uchun ishchi guruhlar tuzilmoqda
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA DEPUTATLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRMOQDA
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi masalalarida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Qoqsoy mahallasida suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi o‘rganildi
янв.21
Shombuloq mahallasida aholi murojaatlari yuzasidan joyida uchrashuv o‘tkazildi
“Maromiylik” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov hamda Andijon shahar hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Isroilova ishtirokida “Maromiylik” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir Andijon shahar hokimligi binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Unda to‘y, ma’raka va boshqa oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz, milliy qadriyatlar va amaldagi tartiblar asosida o‘tkazish, oilalarda tejamkorlik madaniyatini qaror toptirish hamda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1