35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI SOHASIDA QONUNCHILIK IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
"Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida xonadonlarda targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATI: OBODONLASHTIRISH SOHASIDAGI QAROR IJROSI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATI: OBODONLASHTIRISH SOHASIDA QAROR IJROSI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Pastdarg‘om tuman Kengashida qonunchilik targ‘iboti
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Yangisanoat mahallasida elektr tarmog‘ini modernizatsiya qilish ishlari dasturga kiritildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi nazoratida: Nayman mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha loyiha tayyorlandi
янв.21
Deputatlik so‘rovi nazoratida: Qorag‘uppa mahallasidagi elektr ta’minoti loyihasi yakunlanmoqda
янв.21
PQ–405 qarori ijrosi jamoatchilik nazoratida
Deputat Fidoyilar mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

 Muloqot davomida mahallada mavjud dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ayrim ko‘chalarda eskirgan hamda tartibga keltirilishi lozim bo‘lgan elektr simlari va tarmoqlarini yangilash zarurligi, ushbu masala aholini uzoq vaqtdan buyon tashvishga solayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bolalarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (metrika) rasmiylashtirish jarayonida uchrayotgan ayrim muammolar ham ko‘tarilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish so‘raldi. Zarurat tug‘ilganda mazkur masalalar yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovi yuborilishi va ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ma’lum qilindi.

Yakunda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar umumlashtirilib, ularni bosqichma-bosqich ijobiy hal etish yuzasidan tegishli ishlar olib borilishi belgilandi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2