35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya va tashkilotlar hamkorligi doirasida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: tibbiyot obyektidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: savdo obyektining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot muassasasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash — ustuvor vazifa
янв.21
Kotibiyat bosh mutaxassisi hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylov okrugi hududida fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganish ishlari olib borilib, Charx Kamolon-2 mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida ayrim daraxtlarning qurib qolgan va chirigan yirik shoxlari fuqarolar hayoti hamda mol-mulkiga xavf tug‘dirayotgani aniqlangan edi.

Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan tuman hokimining tegishli o‘rinbosari hamda Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborilib, hududdagi daraxtlarni mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirish, avariya holatidagi daraxtlar va qurigan shoxlarni sanitariya maqsadida butalash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan muddatlarda yozma axborot taqdim etish so‘raldi.

Mazkur masalaning ijrosi deputat nazoratiga olingan.

Slide 1 of 3