35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: tibbiyot obyektidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va tashkilotlar hamkorligi doirasida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: savdo obyektining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot muassasasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash — ustuvor vazifa
янв.21
“Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
#Hokim_va_Kengash_hamkorlikda

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-"Bo‘ston" saylov okrugi deputati Xujanov Musurmon Abduraxmonovich saylov okrugida Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi. 

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari holatini o‘rganish maqsadida tuman hokimi Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Akrom Turdiyev ishtirokida "Bo‘ston" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbir davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni yanada obod va zamonaviy qiyofa kasb ettirishga qaratilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Kengash qarori ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli
tavsiya va topshiriqlar berildi.
 

Mazkur nazorat tadbiri hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish hamda Kengash qarorlari ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 3