35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT TILI — DAVLAT BOSHQARUVI VA ISH YURITISHINING MUHIM ASOSI
янв.21
Qonun loyihasi tuman manfaatlaridan kelib chiqib o‘rganildi
янв.21
Yangi qonunlarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi
янв.21
“100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li”
янв.21
Doimiy komissiya va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik
янв.21
Zovurlar holati va suv ta’minoti — deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — doimiy nazoratda
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot hamkorligi
янв.21
Yoshlar siyosati, ta’lim va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — o‘rganish jarayonida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI 14-Sharq yulduzi saylov okrugi deputati
Kutubxonasi bor mahallada kitobxon ham bo‘ladi

Tashrif davomida deputat kutubxonada yaratilgan sharoitlar, mavjud kitob fondi, adabiyotlarning mazmun-mohiyati hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Kutubxonaga mas'ul xodimning ma'lum qilishicha, mahallaga tashrif buyurayotgan fuqarolar orasida kutubxonaga murojaat qilib, mutolaa bilan shug‘ullanayotganlar soni ortib bormoqda. Bu esa aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqish tobora oshib borayotganini ko‘rsatadi.

️ O‘rganish davomida deputat kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish hamda mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy muhitni yanada yaxshilash masalalari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Shuningdek, deputat tomonidan kutubxona fondini yanada boyitish, zamonaviy va badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash hamda yoshlar ishtirokida turli ma'rifiy tadbirlarni ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi mavjud masalalarni o‘rganish, aholining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolar yechimiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2