35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT TILI — DAVLAT BOSHQARUVI VA ISH YURITISHINING MUHIM ASOSI
янв.21
Qonun loyihasi tuman manfaatlaridan kelib chiqib o‘rganildi
янв.21
Yangi qonunlarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi
янв.21
“100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li”
янв.21
Doimiy komissiya va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik
янв.21
Zovurlar holati va suv ta’minoti — deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — doimiy nazoratda
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot hamkorligi
янв.21
Yoshlar siyosati, ta’lim va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — o‘rganish jarayonida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI 14-Sharq yulduzi saylov okrugi deputati
Deputatlik so‘rovi — amaliy natija: 14-maktabga olib boruvchi yo‘l ta’mirlandi!

24-“Abdurahmon Jomiy” saylov okrugi hududidagi 14-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi ichki yo‘l uzoq vaqt davomida ta’mirtalab ahvolda bo‘lib, o‘quvchilarning maktabga qatnashi va avtotransport vositalari harakati uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgan edi.

💬Deputat A.Tog‘aymuratov mazkur holat yuzasidan 65-ds-408-26-sonli deputatlik so‘rovini yuborgan edi.

💬Termiz shahar hokimligi tomonidan deputatlik so‘rovi atroflicha o‘rganilib, yo‘lni ta’mirlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Bugungi kunda mazkur ichki yo‘l sifatli ta’mirlanib, aholi uchun xavfsiz hamda qulay holatga keltirildi.

💬"Saylovchilarimizning murojaatlari biz uchun bevosita qo‘llanma hisoblanadi. 14-maktab yo‘lining ta’mirlanishi — bu nafaqat yo‘lning yaxshilanishi, balki yuzlab bolajonlarning xavfsiz ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatdir," — deydi deputat A.Tog‘aymuratov.

🫥Deputatlik nazorati va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.