35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shombuloq mahallasida aholi murojaatlari yuzasidan joyida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Shombuloq mahallasida “Tashabbusli budget” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Mang‘itobiod mahallasida asfaltlashtirish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
Yuqori Bog‘onali mahallasida suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mehnat xavfsizligi va xodimlar ijtimoiy himoyasi bo‘yicha deputatlik nazorati olib borilmoqda
янв.21
A.Navoiy mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
YOSH XODIMLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, deputatlar va “mahalla yettiligi” oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tuman studiyasidan xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev, doimiy komissiyalar raislari ishtirok etdi.

Yigʻilishda joriy yil 16-iyul kuni Prezident raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Keyingi yillarda mahalla institutini rivojlantirish, aholi muammolarini joyida hal etish va davlat xizmatlarini fuqarolarga yanada yaqinlashtirish boʻyicha yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, Tashabbusli byudjet loyihalari, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy himoya sohalaridagi vazifalar ijrosini taʼminlashda deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida mahalliy Kengashlar vakolatlari kengaygani, shu bilan birga deputatlar zimmasidagi masʼuliyat ham oshgani taʼkidlandi. Deputatlar faoliyati, avvalo, aholi muammolarining hal etilishi, davlat dasturlari ijrosi hamda islohotlarning amaliy natijalari bilan baholanishi lozimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Senat Kengashining mahalliy Kengash deputatlari va “mahalla yettiligi” hamkorligini takomillashtirishga oid qarori ijrosi tahlil qilinib, monitoring natijalari muhokama etildi. Buxoro, Namangan va Fargʻona viloyati Kengashlari raislarining hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlari eshitildi.

Muhokama yakunida deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini mustahkamlash, davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholining “Tashabbusli byudjet”dagi ishtirokini kengaytirish, bandlik va ijtimoiy himoya sohalaridagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi. Mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, ularning faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish muhimligi ham taʼkidlandi.

Slide 1 of 9