35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shombuloq mahallasida aholi murojaatlari yuzasidan joyida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Shombuloq mahallasida “Tashabbusli budget” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Mang‘itobiod mahallasida asfaltlashtirish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
Yuqori Bog‘onali mahallasida suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mehnat xavfsizligi va xodimlar ijtimoiy himoyasi bo‘yicha deputatlik nazorati olib borilmoqda
янв.21
A.Navoiy mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
YOSH XODIMLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Kotib

Shu bois, mazkur masalalarni joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Shoxzoda Kurbanova tuman suv tarmoqlari bo‘limiga tashrif buyurdi.

Xususan, tashrif davomida tumanda suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, infratuzilmani modernizatsiya qilish, nasos stansiyalarining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda suvdan tejamkor foydalanish texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, hududlarda sohaviy nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar sohadagi muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashrif jarayonida fuqarolar tomonidan ayrim xududlarda suv ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar bo‘yicha ko‘tarilgan masalalar, xususan, suv ta’minoti barqarorligini ta’minlash yuzasidan suhbatlashildi.

Tadbirda barcha murojaatlar mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, joyida o‘rganish ishlari tashkil etilishi qayd etildi. Shuningdek, zarur ta’mirlash va tiklash tadbirlarini amalga oshirish hamda aholini uzluksiz suv bilan ta’minlash bo‘yicha soha mas’ullariga aniq vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 3