Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ MFY hududida joylashgan 12-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar hamda dori-darmon ta’minoti holati bilan tanishildi.

Mazkur tibbiyot muassasasi hududdagi 12 300 nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, poliklinika qoshidagi ijtimoiy dorixonada 28 turdagi bepul dori vositalari ehtiyojmand fuqarolarga belgilangan tartibda tarqatilayotgani o‘rganildi.

Deputat tomonidan aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishi, dori vositalari bilan ta’minlanishi hamda tibbiyot muassasasi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3