Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputatlar Y.Berdiyarov, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Andijon mahallasi hududida joylashgan oilaviy shifokor punktida (OShP) aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik, patronaj hamshiralar faoliyati hamda ularning aholi xonadonlariga chiqish tizimi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5