Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputatlar Y.Berdiyarov, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Andijon mahallasida jinoyatchilikning oldini olish borasida profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 16 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgani, hududni to‘liq qamrab olish uchun qo‘shimcha 6 ta kuzatuv kamerasiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, bugungi kunga qadar probatsiya hisobidan 6 nafar fuqaro mahallaga qaytgani hamda ular bilan profilaktik va ijtimoiy moslashtirish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4