Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

G‘alla mavsumida fermer xo‘jaliklarida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. To‘rayev 2-Mash’al saylov okrugiga qarashli “Temiryo‘l” mahallasida bo‘lib, g‘alla mavsumida fermer xo‘jaliklarida ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish jarayonida mehnat qilayotgan xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, texnika va tashkiliy ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ish jarayonini samarali tashkil etish, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda mavsumiy ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘rganish natijalari yuzasidan tegishli ma’lumotlar umumlashtirilib, nazoratga olish uchun taqdim etiladi.

Slide 1 of 1