35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
"Davlat tili to‘g‘risida"gi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va pochta tizimi vakillari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlarining hamkorlik faoliyati kengaytirilmoqda
янв.21
Deputatlik hamkorligi doirasida ta’lim sohasida amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat hamkorlik va qonun ijrosi bo‘yicha suhbat o‘tkazdi
янв.21
Deputat bozor bilan hamkorlik yo‘nalishida
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Sh.Jo‘rayev hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan doimiy
nazorat tadbirlari doirasida Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida
xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni
kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj
ayollar bilan manzilli ishlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni
mustahkamlash hamda xotin-qizlarning muammo va takliflarini o‘z vaqtida
aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
 

Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, ehtiyojmand oilalar
bilan ishlash tizimi, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik darajasi hamda
belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar ko‘zdan
kechirildi.


O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyat
samaradorligini yanada oshirish, mahalladagi xotin-qizlar bilan manzilli va
tizimli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
 

Aniqangan
kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosi
deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 5