35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
Navoiy davlat universitetining zamonaviy kampusi binolari o‘rganildi

Navoiy davlat universitetining zamonaviy kampusi binolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tasheva Shahnoza Azamatovna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan grafik-rejaga muvofiq Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan Navoiy davlat universitetining 15 gektar maydonda bunyod etilayotgan zamonaviy kampusi binolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida kampus hududida barpo etilayotgan o‘quv va ma’muriy binolardagi qurilish ishlari, bunyodkorlik jarayonlarining borishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar sifati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur zamonaviy kampus universitetning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayonini zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash hamda yoshlar uchun munosib ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5