35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QORAMANGIT MFYDA YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SANCHIQUL MFYDA SUG‘ORISH SUVLARI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
RAVOT MFY RABG‘UZIY KO‘CHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
SANCHIQUL MFYDA ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«NAVRO‘Z» TEZ TIBBIY YORDAM SHOXOBCHASI FAOLIYATI VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
PARCHAQARA MFY O‘QUYLAR KO‘CHASIDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
PARCHAQARA MFY O‘QUYLAR KO‘CHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI ASOSIDA HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILADI
GULISTON MAHALLASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

GULISTON MAHALLASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

Хalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri J. Hamroyev hamda xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari J. Hafizov va B. Umarov Navoiy shahridagi Guliston mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari bilan tanishdilar.

Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlari, ularning sifati, belgilangan loyiha hamda tasdiqlangan jadval asosida bajarilishi o‘rganildi. Shuningdek, yo‘l qurilishida foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati, texnika va mexanizmlarning jalb etilishi hamda ishlarning borishi yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi.

Deputatlar qurilish ishlari olib borilayotgan hududni ko‘zdan kechirib, yo‘llarning aholiga qulay va xavfsiz bo‘lishi, piyodalar harakati uchun zarur sharoitlar yaratilishi hamda qurilish jarayonida belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya etilishi yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirdilar.

Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ularning fikr va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida yo‘l qurilishi ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, qurilish jarayonida texnik va ekologik talablarga rioya etish, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5