Tuman Kengashi deputati N. Muxiddinova "Ziyo-Sharif" Masʼuliyati cheklangan jamiyatda "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida" gi O‘RQ-210-sonli qonun ijrosini taʼminlanish holatini o‘rgandi.
🔰Deputat tegishli savolnoma asosida ushbu tashkilotda qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni tahlil qildi.
🔰Xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘nikma va malakaga egaligi, sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polislarining mavjudligi hamda amal qilish muddatlari ko‘rib chiqildi.
🔰MCHJ masʼul xodimiga deputat tomonidan qonun talablarini bajarish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.