Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat imahalla xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi
“ASTROBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA TARTIB-INTIZOM MASALALARI O‘RGANILDI

O‘rganish ishlari deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, hududdagi obodonlashtirish holati, tungi yoritish tizimlari, ariqlar tozaligi, piyodalar va transport harakatiga xalaqit berayotgan noqonuniy qurilmalar, sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda aholi punktlarini obodonlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, hududda tartib-intizomni mustahkamlash, obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, shuningdek, yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

✅ Yunusobod tumanida mahallalarda obodlikni ta’minlash, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish va mavjud muammolarni joyida o‘rganish bo‘yicha ishlar tizimli davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5