Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat imahalla xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi
30-iyun — Yoshlar kuni

Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng katta tayanchi va ishonchli kuchi bo‘lgan yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat, tadbirkorlik hamda innovatsiyalar sohasida erishayotgan yutuqlari barchamizni quvontirmoqda.

Sizlarning yuksak salohiyatingiz, Vatanga sadoqatingiz va ezgu maqsadlar sari intilishingiz mamlakatimiz ravnaqining muhim omilidir.
Davlatimiz tomonidan yoshlarning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, o‘z iste’dod va qobiliyatini to‘liq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Yunusobod tumanida ham yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, sport bilan shug‘ullanishi, ijtimoiy faolligini oshirishi hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aziz yoshlar!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, ulkan marralar, o‘qish va mehnat faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Yosh avlod — Yangi O‘zbekiston bunyodkori!
Sizlarga ishonamiz, sizlar bilan faxrlanamiz!

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi

Bizni kuzatishda davom eting!