Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Парча Чандир маҳалласи ҳудудида жойлашган 23-сонли оилавий шифокорлик пункти ходимлари билан Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати М.Алтибаева томонидан учрашув ўтказилди.
янв.21
Zangiboyi mahallasida aholi manfaati yo‘lidagi ezgu ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat S. Nurmamatova tashabbusi bilan 665-sonli qaror asosida tasdiqlangan dastur doirasida Mirzato‘p mahallasi Ziyoliylar ko‘chasida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari yakunlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Dusmurodov Favqulodda vaziyatlar xodimlari bilan birgalikda tuman tibbiyot birlashmasida yong‘in xavfsizligi holatini o‘rganish maqsadida monitoring tadbirini o‘tkazdi.
янв.21
Qorag‘uppa mahallasida deputat X.Turdiyev ishtirokida mahalla “yettiligi” a’zolari bilan kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat imahalla xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Muxammedov tomonidan “Hamid Olimjon” mahallasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini baholash maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mahallada 108 ta oila “Ijtimoiy reyestr” ro‘yxatiga kiritilgan.
🤝 Yil boshidan buyon ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
🍞 35 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari uchun 14 million 420 ming so‘m;
👕 5 ta oilaga kiyim-kechak xarid qilish uchun 10 million 300 ming so‘m;
🏠 1 ta oilaga uy-joyni ta’mirlash uchun 19 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
✅ O‘rganish davomida aholining mavjud muammolari yuzasidan fikr va takliflar tinglandi

Slide 1 of 4