Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat imahalla xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi
Hokim yordamchisi faoliyati deputat e’tiborida.

Hokim yordamchisi faoliyati deputat e’tiborida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyat mudiri 6-Qorasuv saylov okrugi deputati Jamshid Raximqulov tomonidan Qorasuv mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni doimiy daromad manbalariga ega qilish, kredit va subsidiya ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi.

Hokim yordamchisi tomonidan mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatga batafsil ma’lumot berildi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini yanada oshirish hamda mahallada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1