Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Deputatlar yig‘majildlari yuritilishi bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish amalga oshirildi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish amalga oshirildi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish amalga oshirildi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan Beklar mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan A. Temur mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat A.Abdumratov hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida tuman Kengashi deputati A.Bo‘tayev, “Navro‘z” mahallasi raisi N.Hakimov hamda viloyat va tuman soliq boshqarmalarining mas’ul xodimlari ishtirokida aholi bilan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir davomida soliq qonunchiligida amalga oshirilayotgan yangiliklar, soliq tushumlaridagi o‘zgarishlar hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashning ahamiyati, byudjet tushumlarini shakllantirishdagi o‘rni hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Ishtirokchilarning soliq masalalariga oid savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolarni soliq madaniyatini yuksaltirish, qonunchilik talablariga rioya etish hamda soliqlarni belgilangan muddatlarda to‘lashga chaqirildi. Targ‘ibot tadbiri ochiq muloqot va savol-javoblar ruhida o‘tdi.

Slide 1 of 7