Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Парча Чандир маҳалласи ҳудудида жойлашган 23-сонли оилавий шифокорлик пункти ходимлари билан Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати М.Алтибаева томонидан учрашув ўтказилди.
янв.21
Zangiboyi mahallasida aholi manfaati yo‘lidagi ezgu ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat S. Nurmamatova tashabbusi bilan 665-sonli qaror asosida tasdiqlangan dastur doirasida Mirzato‘p mahallasi Ziyoliylar ko‘chasida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari yakunlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Dusmurodov Favqulodda vaziyatlar xodimlari bilan birgalikda tuman tibbiyot birlashmasida yong‘in xavfsizligi holatini o‘rganish maqsadida monitoring tadbirini o‘tkazdi.
янв.21
Qorag‘uppa mahallasida deputat X.Turdiyev ishtirokida mahalla “yettiligi” a’zolari bilan kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat imahalla xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala

#DEPUTATLIK_NAZORATI

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 18-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat E. Jurayev hamda kotibiyat xodimlarining vazifalar taqsimotiga asosan deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi ijrosini ta’minlash maqsadida saylov okrugidagi 36-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish davomida 24-tavsiya ijrosi yuzasidan maktab sport zali va undagi sport anjomlarining mavjudligi, ulardan foydalanish holati hamda jihozlarning bugungi kundagi texnik va sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.

✅Aniqlanishicha, sport zalida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, mavjud sport anjomlari belgilangan tartibda saqlanmoqda. Shuningdek, sport jihozlarining holati o‘rganilib, ularning samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅Bunday o‘rganishlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni muntazam nazorat qilib borishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2