Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat imahalla xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi
Doimiy komissiyada Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining hisoboti tinglandi.

Doimiy komissiyada Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining hisoboti tinglandi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi tomonidan 2026-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Hisobotda aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan:

hududdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat monitoringi;
yuqumli va mavsumiy kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar;
ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari va umumiy ovqatlanish shoxobchalari ustidan olib borilgan nazorat ishlari;
ta’lim, tibbiyot va boshqa ijtimoiy soha muassasalarining sanitariya holatini o‘rganish;
aholi o‘rtasida sanitariya madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari;
jamoat salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan qator savollar berilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi. Ayniqsa, aholi gavjum joylarda sanitariya talablariga rioya etilishi, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar hamda tegishli tavsiyalar belgilab olindi.

Mazkur hisobotning eshitilishi hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va bu boradagi ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.   

Slide 1 of 7