Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi.
Unda shahar Kengashi deputatlari B. Djumaniyozov va B. Allabergenovlar boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari bilan hamkorlikda shahardagi buyum bozoridagi yong‘in xavfsizligi holatini o'rgandilar.
O‘rganish jarayonida bozor hududidagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, mavjud yong‘inga qarshi vositalarning holati hamda savdo rastalarida xavfsizlik choralarining tashkil etilganligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tadbirkorlar va mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xavfsizlik talablarini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.