Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna “Keneges” OFY hududida aholini barqaror elektr energiyasi va suv bilan ta’minlashga qaratilgan qurilish-montaj ishlarining borishini joyida o‘rgandi.
📍 O‘rganish davomida Keneges va Jalayir ovullarida:
🔹 110 dona yangi elektr ustunlarini o‘rnatish;
🔹 zamonaviy SIP kabellarini tortish;
🔹 2 ta transformator punktini o‘rnatish;
🔹 mavjud transformatorlardan birini yangisiga almashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
🔹 Ichimlik suv ta’minotini yaxshilash
🔍 Asosiy e’tibor ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda elektr va suv ta’minoti barqarorligini oshirishga qaratildi.
🤝 Mutasaddilar bilan suhbat davomida loyihaning ahamiyati va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar bildirildi.