Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat imahalla xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash tomonidan Bahor mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida Bahor mahallasi hokim yordamchisi Radjabov Azamat tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatga ma’lumot berildi.Jumlanadan 1 nafar fuqaroga motoblok ajratilgan, 1 nafar xotin-qiz subsidiya asosida tikuv mashinasi bilan ta’minlangan hamda 15 nafar fuqaroga kredit mablag‘lari ajratilgan. Mazkur amaliy ko‘maklar aholining daromad manbaini kengaytirish, o‘zini o‘zi band qilish hamda oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati davomida amalga oshirilayotgan ishlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda bandlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha o‘rganilib, bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1