Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat imahalla xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi
Mahalla yettiligi faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.

 Mahalla yettiligi faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash tomonidan Bahor mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi. Mazkur o‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov ham ishtirok etdi. O‘rganish davomida Bahor mahallasi yoshlar yetakchisi Fayzullayev Laziz tomonidan hududda yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan deputatga ma’lumot berildi. Xususan, 14 nafar yoshning ish bilan ta’minlangani, aholi bandligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda shu vaqtga qadar 30 dan ortiq yoshlar uchrashuvlari tashkil etilgani qayd etildi. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni ijtimoiy faollikka jalb etish borasida olib borilgan ishlar muhokama qilindi.Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli hamkor tashkilotlar bilan tizimli ishlash muhimligi ta’kidlandi.O‘rganish yakunida bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha deputat tomonidan tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1