Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Zilola Shomurodova hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi Raxmat Murodovlar hududda yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyoz va yengilliklarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga ajratilgan ijtimoiy yordam, tibbiy xizmatlar, reabilitatsiya vositalari, kommunal to‘lovlar bo‘yicha yengilliklar hamda boshqa qonuniy imtiyozlardan foydalanish holati tahlil qilindi. Shuningdek, ayrim fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tibor markazida ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3