Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
🛣 Deputat mahalladagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari bilan tanishdi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafosat Allaberganova mahalladagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish bo‘yicha mahalliy davlat dasturi ijrosini nazorat qilish maqsadida yo‘l idorasi mutaxassislari bilan birgalikda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalladagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining 1237 metr qismida 244 million 739 ming so‘m mablag‘ hisobiga yo‘lning 4200 kvadrat metr qismi hamda Quruvchilar ko‘chasining 520 metr qismida 112 million 200 ming so‘m mablag‘ evaziga ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan davlat dasturlari ijrosini doimiy nazorat qilib borish zarurligi soha mutaxassislariga ta’kidlandi. Shuningdek, ta’mirlash ishlarini rejalashtirishda mahalla aholisining fikr va takliflarini ham inobatga olish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2