Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Z. Alimovning “Do‘stlik” mahallasi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar muhokama qilindi. Deputat tomonidan, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi, farzandlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi xonadonlar atrofi va ichki ko‘chalarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, aholi o‘rtasida tozalik va ozodalikka rioya etish madaniyatini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda o‘rganilishi hamda ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4